Prezident Şavkat Mirziyoyev farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş, import qilinayotgan dori vositalarini mahalliylaştiriş böyiça bir neça bor videoselektor yiğilişlari ötkazdi. Ularda berilgan topşiriqlar böyiça joylarda farmatsevtika korxonalari işga tuşirilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Andijon tumani Xortum qişloğidagi «Zamin Bio Health» mas'uliyati çeklangan jamiyati şulardan biri. Mazkur zavod yiliga 10 million flakon insulin işlab çiqariş quvvatiga ega, deb xabar beryapti prezident matbuot xizmati.

Qandli diabet kasalligini davolaşda qöllaniladigan bu dori vositasi yurtimizga çetdan keltiriladi. Zavodning işga tuşirilişi bilan uşbu dori vositasi importi hajmi kamayadi, valyuta tejaladi. Eng muhimi, mazkur dorining narxi pasayadi. 

Masalan, hozirgi paytda bir flakon insulinning bozor narxi 36 ming söm bölsa, mazkur korxona bu dorini 20 ming sömdan yetkazib berişi mumkin.

Bu juda dolzarb ijtimoiy ahamiyatga ega masala, dedi Şavkat Mirziyoyev. Insulinga ehtiyoji bor bemor dori topolmasa, hayoti xavf ostida qoladi, heç qaçon rozi bölmaydi.

Bunday dorilarning narxini pasaytiriş, hamma joyga vaqtida yetkazib turiş kerak. Odamlar şuni sezsin.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident mahalliy işlab çiqaruvçilar bozorga kirib, raqobatbardoş bölgunça ularni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş, dori substansiyalarini röyxatdan ötkazişda kömaklaşiş böyiça topşiriqlar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib ötamiz, avvalroq prezident «Milana textile» korxonasi bilan tanişgani xabar qilingandi.