Jahon | 10:30 / 20.05.2018
11292
1 daqiqa o‘qiladi
LG Group rahbari vafot etdi
Janubiy Koreyaning LG kompaniyalari guruhi raisi Ku Bon Mu vafot etdi. U Janubiy Koreyaning yirikligi bo‘yicha 4-konglomeratini 23 yil davomida boshqargan.
Oxirgi vaqtda miyasida bir nechta jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan tadbirkor 73 yoshda bo‘lgan.
Ku Bon Mu kompaniyaga rahbarlikni 1995 yilda otasi Ku Chja Gyondan meros qilib olgan. Endilikda kompaniyalar guruhiga rahbarlik qilish marhumning ukasi, uning o‘rinbosari Ku Bon Chjun zimmasiga o‘tdi.
Ku Bon Muning ortidan ikki qiz farzandi va LG’ning bo‘lg‘usi rahbari deb hisoblanuvchi 40 yoshli asrandi o‘g‘li Ku Gvan Mo qoldi.
Mavzuga oid
23:49 / 11.11.2022
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish etdi
16:56 / 24.08.2022
LG NanoCell bilan xonaning istalgan nuqtasidan tasvir sifati va yorqinligi
09:00 / 19.08.2022
LG CordZero A9 Essential ishonchli yordamchi bilan samarali tozalash
16:59 / 11.08.2022