Jahon | 11:10 / 21.05.2018
7848
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yanada kuchaytirishi mumkin 

Foto: Reuters /Maxim Zmeyev

Britaniya parlamenti vakillar palatasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi Buyuk Britaniya hukumatini sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiya amaldorlari bilan aloqador bo‘lgan ko‘proq shaxslarni kiritishga chaqirdi. Bu haqda «Buyuk Britaniyada Rossiya korrupsiyasi» bo‘yicha hisobotda aytiladi, deb xabar beryapti RIA «Novosti».

Parlamentariylarning fikricha, Britaniya hukumati Rossiya rahbariyati bilan aloqador bo‘lgan shaxslar aktivlarini joylashtirishga qarshi kurashni o‘zining ustuvor vazifasiga aylantirishi kerak, shuningdek, sanksiyalarning o‘zini kuchaytirishi lozim. 

«Biz hukumatni Kreml bilan aloqador bo‘lgan yanada ko‘proq shaxslarga nisbatan sanksiya joriy etishga chaqiramiz. Bunda sanksiyalar va pul yuvishga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunlarda yozib qo‘yilgan vakolatlardan foydalanish darkor. Shuningdek, inson huquqlarining jiddiy buzilishlariga mas'ul bo‘lgan shaxslarga qarshi sanksiyalar joriy etish zarurati bor», - deyiladi hisobotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya hukumati Rossiyadan kelayotgan «iflos pullar» bo‘yicha shikoyat qilgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid