Jahon | 09:44 / 21.05.2018
13302
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya hukumati Rossiyadan kelayotgan «iflos pullar» bo‘yicha shikoyat qildi

Foto: globallookpress.com

Britaniya aktivlarida yashirib qo‘yilgan va Londonning Sitisi orqali yuviluvchi Rossiya pullari Moskva tajovuzkor siyosatiga qarshi kurash olib borayotgan Britaniya hukumati sa'y-harakatlariga zarar yetkazadi. Bu haqda Buyuk Britaniya parlamentining xorijiy ishlar bo‘yicha qo‘mitasi hisobotida aytilgan, deb xabar beryapti Reuters.

Parlamentariylarning fikricha, Rossiyadan kirib kelgan pullar Britaniya hukumatining Kreml bo‘yicha pozitsiyasiga zarar yetkazadi.

«Bu iflos pullar Britaniya tashqi siyosiy manfaatlariga ziyon yetkazishi mumkin hamda Londonning Sitisidagi Rossiya tranzaksiyalaridan foydani yo‘qqa chiqaradi», - deyiladi hisobotda.

Parlamentariylar hukumatga xalqaro ittifoqchilar bilan birga Rossiyaning suveren obligatsiyalar chiqarishiga xalaqit berish taklifini berishgan. Aynan obligatsiyalar hozirgi paytda sanksiyalar obekti sanalmaydi.

Agentlikning ta'kidlashicha, avvalroq mamlakat Milliy kriminal agentligi Britaniyada har yili yuz milliardlab funt sterling yuvilishi haqida taxmin qilgandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid