Jahon | 15:04 / 21.05.2018
4365
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro raqibini xalqqa hurmatsizlikda aybladi

Foto: REUTERS / Carlos Garcia Rawlins

Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning ma'lum qilishicha, uning saylovlardagi raqibi Enri Falkon mamlakat xalqini hurmat qilmaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Falkon, ta'kidlanishicha, prezidentlik saylovlari yakunlarini tan olmadi va yangi saylovlarni o‘tkazish talabi bilan chiqdi.

«Nomzod natijalar e'lon qilingunga qadar ularni tan olmagani avval hech qayerda kuzatilmagandi... Venesuela xalqini hurmat qilish kerak», - deya ma'lum qilgan Maduro o‘z g‘alabasidan so‘ng.

Eslatib o‘tamiz, Venesuelaning amaldagi prezidenti Nikolas Maduro 20 may kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘ldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid