Ayni vaqtda byulletenlarning 90 foizdan ko‘prog‘i ko‘rib chiqilgan. Maduroga 5,8 mln kishi, uning ortidan kelayotgan Enri Falkonga 1,8 mln kishi ovoz bergan.
Ta'kidlanishicha, saylovlar biror-bir jiddiy hodisasiz o‘tgan. Saylovda qatnashishga 20,5 mlndan ko‘proq fuqaro taklif qilingan, biroq davomat 46 foizdan biroz ko‘proqni tashkil qilgan. Avvalgi prezidentlik saylovlarida davomat yuqori bo‘lib, 80 foizni tashkil qilgan.











