Jahon | 10:24 / 21.05.2018
11691
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya AQShni raketalar bo‘yicha shartnomani buzishda aybladi

Foto: RIA Novosti/Natalya Seliverstova

AQSh O‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi Shartnoma (O‘KMR) bilan taqiqlangan raketalarni ishlab chiqarishda davom etmoqda. Bu haqda Rossiya Yadroviy tahdidni kamaytirish bo‘yicha milliy markazi boshlig‘i Sergey Rijkov mamlakat Mudofaa vazirligining «Krasnaya Zvezda» gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«AQSh RQM tizimi elementlari ustida ishlash maqsadida nishon-raketalardan foydalanmoqda, ular o‘rta va kichik masofadagi ballistik raketalarning butun toifasini o‘zida jamlagan, masalan, Hera, MRT, Aries, LV-2, Storm, Storm-2, MRBM hamda boshqalar», - degan Rijkov.

Markaz boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, bunday raketalarni ishlab chiqarish va uchirish O‘KMR to‘g‘risidagi shartnoma bilan taqiqlangan. Bunday vositalar o‘zining xususiyatlari bilan kichik va o‘rta masofadagi raketalar toifasiga kiradi, deya qayd etib o‘tgan Rijkov.

«Bunday raketalar universal tezlashtiruvchi vositalar sanaladi, ular o‘zida o‘rnatilgan kallaklar komplektatsiyasiga qarab, jangovar ballistik raketalar sifatida qo‘llanilishi ham mumkin», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.

Rijkovning ta'kidlashicha, bunday raketalarni ishlab chiqish hamda sinovdan o‘tkazish O‘KMR to‘g‘risidagi shartnomani chetlab o‘tgan holda amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Arktikaga tovushdan tez harakatlanuvchi raketa tashuvchilarni yuborgandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid