O‘zbekiston va Turkmaniston chegaralar bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
2018 yilning 14-20 may kunlari Urganch shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasida Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston-Turkmaniston davlat chegarasining ayrim uchastkalarida birgalikda o‘tkazilgan topografik-geodeziya dala ishlarining natijalari ko‘rib chiqildi va ularni 2018 yilga mo‘ljallangan Reja jadvali asosida davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ta'kidlanishicha, muzokaralar do‘stona va o‘zaro tushunish muhitida bo‘lib o‘tgan. Uchrashuv yakuniga ko‘ra Bayonnoma imzolandi.
Mavzuga oid
13:35 / 08.10.2024
«Arkadag» qatorasiga ikkinchi yil ochko yo‘qotmasdan Turkmaniston chempioni bo‘ldi
21:17 / 30.09.2024
Italiya va Shveytsariya muzliklar erishi tufayli chegaralarini o‘zgartirdi
21:48 / 28.09.2024
YeI davlatlari chegaralarda yangi biometrik tizimning joriy etilishiga tayyor emas - FT
14:00 / 27.09.2024