AQSh va NATOning Afg‘onistondagi qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinlanishi mumkin
AQSh qurolli kuchlari general-leytenanti Skott Miller AQSh va NATOning Afg‘onistondagi qo‘shinlariga qo‘mondon etib tayinlanishi mumkin. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligining nomi oshkor qilinmagan vakillariga iqtibos keltirgan holda The Wall Street Journal nashri ma'lum qildi.
Pentagonning maxsus amaliyotlari birlashgan qo‘mondonligiga rahbarlik qiluvchi Miller AQSh Afg‘onistonda olib borayotgan 17 yillik urush davomida g‘arbiy koalitsiya kuchlarining Afg‘onistondagi to‘qqizinchi amerikalik qo‘mondoni bo‘ladi. Pentagon Miller tayinlangani rasman e'lon qilingungacha izohlar berishni istamayapti.
Millerning xizmat ro‘yxatida AQSh qurolli kuchlarining Somali, Afg‘oniston va Iroqdagi maxfiy amaliyotlari bor va u shaxsan o‘zi ushbu amaliyotlarga boshchilik qilgan. Millerning aynan shu jangovar tajribasi uning yangi lavozimga tayinlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Miller qat'iy harakatlar tarafdori hisoblanadi. Ayni vaqtda AQSh va NATOning Afg‘onistondagi qo‘shinlariga general Jon Nikolson qo‘mondonlik qilmoqda.
Mavzuga oid
23:04 / 08.10.2024
Jo Bayden dovullar tufayli Berlinga safarini bekor qildi
21:59 / 08.10.2024
Google Play do‘konidan «Kasperskiy» antiviruslari o‘chirib tashlandi
17:53 / 08.10.2024
AQShda rezavor mevalar yetishtiruvchi vertikal ferma tashkil etildi
22:33 / 07.10.2024