Jahon | 16:42 / 22.05.2018
16243
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainalik deputat: Qrim ko‘prigini yo‘q qilib tashlash kerak

Foto: "Dnepr Chas"

Ukraina Oliy radasi deputati Igor Mosiychukning ma'lum qilishicha, Kerch bo‘g‘ozi orqali o‘tgan Qrim ko‘prigini yo‘q qilish kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda «112 Ukraina» xabar qilmoqda.

«Kerch ko‘prigi – bu dushmanlarning infratuzilmasi... Albatta, Qrim ozod etilsa, keyingi deokkupatsiya holatida, bu – strategik obekt. O‘z hududi, fuqarolari uchun urush holatida bo‘lgan istalgan normal davlat, albatta, dushmanlarning infratuzilmasi – ko‘prik, temiryo‘l punkti, aeroportni yo‘q qilishga intiladi», - dedi Mosiychuk.

Mosiychuk ko‘prikni yo‘q qilish ishlarida o‘zi ham ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirib, mudofaa vaziri lavozimida bo‘lganida, albatta shunday qilgan bo‘lishini aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko mamlakat Qrim ko‘prigidan Kuban bilan aloqalar uchun «foydalanish» niyatida ekanini ma'lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklarga Qrim ko‘prigi «chekinishi uchun yo‘l sifatida» kerak bo‘ladi.

Mavzuga oid