Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jiddada yo‘lovchi samolyotining shassisiz qo‘ndirilishi videoda qayd qilindi
Saudiya Arabistonining Madina shahridan Bangladeshning Daqqa shahriga uchayotgan Airbus A330 yo‘lovchi samolyoti qirollikning g‘arbida joylashgan Jidda shahriga favqulodda qo‘nishiga to‘g‘ri kelgan. Bu haqda Asharq Al-Awsat nashri ma'lum qildi.
Aviakompaniya vakilining aytishicha, bortida 141 yo‘lovchi va ekipajning 10 nafar a'zosi bo‘lgan samolyot havoga ko‘tarilgandan keyin ekipaj sardori “old shassining gidravlik mexanizmidagi nosozlik” haqida xabar bergan.
Ta'kidlanishicha, shassini chiqarishga bir nechta urinishdan keyin samolyotni usiz qo‘ndirishga qaror qilingan. Samolyot qo‘ngandan keyin yo‘lovchilar va ekipaj a'zolari avariyaviy trap orqali evakuatsiya qilinganlar.
Mavzuga oid
09:39 / 05.03.2026
Madina va Jiddadan 21 reys: 4 948 nafar yo‘lovchi olib kelindi
10:13 / 02.03.2026
Jidda-Toshkent repatriatsiya parvozlari yo‘lga qo‘yiladi
11:58 / 15.12.2025
Jidda–Toshkent reysi bortdagi tibbiy holat sabab Bahraynga qo‘nishga majbur bo‘ldi
08:32 / 04.10.2025