Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abramovich Isroil fuqaroligini olyapti
«Chelsi» futbol klubining rossiyalik egasi Roman Abramovich Isroilga fuqarolikni olish uchun jo‘nab ketdi.
Israel Hayom nashri ma'lumotiga ko‘ra, milliarderni bunday qadam qo‘yishga Buyuk Britaniya vizasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq qiyinchiliklar majburlagan.
Shuningdek ta'kidlanishicha, Saratovda tavallud topgan 51 yoshli tadbirkor Tel-Avivning Neve-Tsedek turistik tumanida katta, hashamatli uy qurmoqda. Bundan tashqari, o‘zi tomonidan 25 mln dollarga sotib olingan «Versano» mehmonxonasiga egalik qiladi.
Abramovich «Chelsi»ni 2003 yilda 140 mln funt sterlingga sotib olgan. Yakuniga yetgan mavsumda «aristokratlar» Angliya chempionatida beshinchi o‘rinni egalladi va mamlakat Kubogini qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid
17:20
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:17 / 20.06.2026