Jahon | 01:01 / 24.05.2018
16312
2 daqiqa o‘qiladi

Forbes eng qimmat brendlarni sanab o‘tdi

Amerikaning Apple kompaniyasi Forbes jurnali versiyasiga ko‘ra 2018 yilning eng qimmatbaho brendlari ro‘yxatini boshqarmoqda, uning tarxi 182,8 milliard dollarga baholangan, deb yozmoqda jurnal.

Apple’dan tashqari yetakchilar beshligiga texnologik sektor kompaniyalari Google, Microsoft, Facebook va Amazon kiritilgan.

Forbes o‘z hisob-kitoblarini kompaniyalarning so‘nggi uch yildagi tushumlariga qarab amalga oshirgan. Shundan so‘ng ushbu tushumdan «har bir brend o‘z sanoatida qanday rol o‘ynashi» (masalan, hashamat mollari va ichimliklar sektorida faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniya mahsulotlariga yuqori narxlar, aviatashuvlar va neft sektoridagilarga past narxlar) ga asoslanib foiz chiqargan. Tushumdan narx koeffitsiyenti brendning qimmatliliga yakuniy indeksini hosil qilish uchun tushum hajmiga bo‘lingan.

Shunday qilib, Apple brendining narxi o‘tgan yilga nisbatan 8 foizga o‘sgan. Google brendi 132,1 milliard dollarga baholangan yil ifodasida 30 foizga oshgan. Microsoft brendining qiymati — 104,8 milliard dollaro, Facebook’niki — 94,8 milliard dollar etib belgilangan.

70,9 milliard dollarga baholangan Amazon brendi ilk marta bu reytingda Coca-Cola’dan (57,3 milliard dollar) o‘zgan. Bu holatda Netflix va PayPal reytingda sakrashga erishgan bo‘lsa, ularning brend qiymati mos ravishda 35 va 33 foizga oshgan (55- va 98-o‘rinlar).

Reytingning top-100ligidan faqat AQShda faoliyat olib boruvchi brendlar o‘rin olgan. Forbes xitoyliklarning Alibaba va Tencent kabi brendlarini hisobga olmagan. Natijada reytingdan AQShning 54 kompaniyasi, Germaniyaning — 12, Fransiya va Yaponiyaning 7 tadan kompaniyasi o‘rin olgan.

Mavzuga oid