Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV: O‘zbekistonning Amnesty International’dan yashiradigan masalalari yo‘q
2018 yilning 24 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mamlakatga tashrif buyurgan Amnesty International xalqaro nohukumat tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Mari Struters boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida O‘zbekiston va Amnesty International o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Mari Struters va uning hamrohlari Bosh prokuratura, Oliy sud, qator vazirlik va idoralarda, bir qator nodavlat va notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlardan olgan taassurotlari to‘g‘risida so‘zlab berdilar.
TIVdagi uchrashuvda O‘zbekiston tomonining Amnesty International’dan yashiradigan yoki muhokama kun tartibidan olib tashlanadigan masalalari yo‘qligi qayd etildi.
Mamlakat sud tizimida insonparvarlikni oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, radikalizmga qarshi kurashda an'anaviy, aksariyat hollarda repressiv ko‘rinish olgan choralardan voz kechilmoqda. Ko‘proq e'tibor profilaktika, ish bilan ta'minlash, ijtimoiy reabilitatsiya, ma'rifat va tarbiyaga qaratilmoqda.
Ta'kidlanganidek, O‘zbekiston erishilgan natijada to‘xtab qolmaslik va inson huquqlarini ta'minlash sohasida aniq sa'y-harakatlarini davom ettirishni qat'iyan maqsad qilgan.
Mavzuga oid
09:33 / 30.03.2026
Amnesty AQShni JCh oldidan “avtoritar amaliyotlar”da aybladi
21:42 / 27.02.2026
O‘zbekiston Afg‘oniston va Pokistonni o‘t ochishni darhol to‘xtatishga chaqirdi
17:50 / 27.01.2026
O‘zbekiston Rossiyadagi reydlarda o‘z fuqarolarining huquqlari ta’minlanishini so‘radi
15:30 / 28.05.2025