Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada Malayziya laynerini urib tushirgan «Buk» Rossiyaga tegishli bo‘lgani aniqlandi
Niderlandiya milliy politsiyasi surishtiruvlar departamenti rahbari Vilbert Paulissenning ma'lum qilishicha, Ukraina sharqida Boeing samolyotining halokatga uchrashini surishtiruvdan o‘tkazish bilan shug‘ullanayotgan xalqaro tergov guruhi, Malayziya laynerini urib tushirgan «Buk» zenit raketa majmuasi Rossiya qurolli kuchlari 53-zenit raketa brigadasiga tegishli bo‘lganini aniqlagan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Tergov guruhi barcha tasvirlarni tadqiq qildi hamda «Buk» zenit raketa majmuasi qator noyob xususiyatlarga ega ekanini aniqladi. Tergov guruhi ular orqali barmoq izlarini olishga muvaffaq bo‘ldi. Bir necha «Buk» o‘zaro taqqoslangach, Boeing’ni urib tushirgan zenit raketa majmuasi Rossiya Federatsiyasining Kurskdagi 53-zenit brigadasiga tegishli bo‘lgani aniqlandi», - dedi Paulissen.
U bu haqda Ukraina sharqida Malayziya laynerining halokatga uchrashini ikkinchi surishtiruvdan o‘tkazish ishlari dastlabki yakunlari taqdimotida aytib o‘tdi.
MN17 reysini amalga oshirayotgan samolyot 2014 yil yozida Ukraina osmonida urib tushirilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Donbassdagi vaziyat keskinlashishiga nima sabab bo‘lganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
13:30
Yevgeniy Xmara Ukraina mudofaa vaziri lavozimiga nomzod bo‘ldi
10:10
MRB rahbari: Ukrainadagi frontga kelgan rossiyalik yangi askar o‘rtacha 20–30 daqiqa yashaydi
21:37 / 16.07.2026
Sergey Koretskiy Ukrainaning yangi bosh vaziri etib tayinlandi
20:14 / 16.07.2026