Donbassdagi vaziyat AQŞning Ukraina böyiça maxsus vakili Kurt Volker taşrifi tufayli yanada keskinlaşgan. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

Kurt Volker Ukrainaga 14 may kuni taşrif buyurdi. Zaxarovaning sözlariga köra, u qator «yoqimsiz bayonotlar» bergan, buning örniga esa Kiyevdan mojaroni keskinlaştirişni bas qiliş haqida talab qilişi kerak edi.

«Ular orasida amerikalik vakilning Donbass respublikalari bor ekanini tan olişdan boş tortişi ham bor. Bu holat u Minsk kelişuvlarini öqimagani yoki aniq narsani ham körişni istamayotganidan dalolat beradi», - deya ta'kidlab ötdi Zaxarova.

Uning qayd etişiça, Volker «olovga moy quymoqda» va özini mojaroda iştirok etayotgan tomonlardan birining vakili sifatida his etmoqda. Şuningdek, Zaxarovaning körsatişiça, AQŞ maxsus vakili jönab ketgaç, Ukraina qurolli kuçlari harbiy hujumlarni faollaştirgan.

«Volkerning Kiyev xatti-harakatlarini qöllab-quvvatlaşi Ukraina hukumati tomonidan harbiy qadamlarga aniq indulgentsiya sifatida qabul qilinyapti», - deya xulosa qilgan TIV vakili.

Eslatib ötamiz, avvalroq ukrainalik deputat Qrim köprigini yöq qilib taşlaş kerakligi haqida ma'lum qilgandi.