AQSh KXDR bilan muloqotni tiklashga tayyor
Janubiy Koreya tashqi siyosat idorasi rahbari Kan Gyon Xva amerikalik hamkasbi Mayk Pompeo bilan telefon orqali muloqotda AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning uchrashuvi bekor qilingani haqida so‘z yuritdi. Bu haqda Janubiy Koreya TIV saytidagi bayonotida aytiladi.
Ta'kidlanishicha, muloqot chog‘ida Pompeo Amerika tomonining pozitsiyasini ochiqlagan va AQSh KXDR bilan muloqotni tiklashga tayyor ekanini ta'kidlab o‘tgan.
Kan Gyon Xva sammit bekor qilinishidan afsusda ekanini aytgan. U «Koreya yarim orolida mustahkam tinchlikni o‘rnatishda muhim rol o‘ynashi mumkin ekanini» qayd etdi. Bundan tashqari, diplomat Vashington va Seulning hamkorligini KXDR bilan muloqot uchun yo‘l izlash maqsadida davom ettirish taklifi bilan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kim Chen In sammitni o‘zidan oldin bekor qilishidan xavfsiragani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:33 / 07.10.2024
AQSh Qozog‘istonda AES qurish bo‘yicha tenderda ishtirok etish istagini bildirdi
21:47 / 06.10.2024
Shimoliy Koreya «yangi davr» boshlanganini e’lon qildi
21:16 / 06.10.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, amerikaliklarni Marsga qo‘ndirishga va’da berdi
09:51 / 06.10.2024