AQŞ prezidenti Donald Tramp KXDR rahbari Kim Çen In şaxsiy uçraşuvni undan oldin bekor qilişi mumkinligidan xavfsiragan va şuning uçun şimoliy koreyalik yetakçini ortda qoldirişga qaror qilgan. Bu haqda NBC manbalarga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, Singpurda 12 iyun kuni bölib ötişi kerak bölgan sammitni bekor qiliş haqidagi qaror Oq uy ma'muriyati uçun umuman kutilmagan qadamga aylandi.

«Keça sammit bekor qilinişiga oid bironta ham işora yöq edi», - deya aytib ötgan ikki mamlakat yetakçilari şaxsiy uçraşuviga tayyorgarlik köriş bilan şuğullangan manba.

Şuningdek, xabar qilinişiça, Trampni Kim Çen In bilan uçraşmaslikka milliy xavfsizlik böyiça prezident maslahatçisi Jon Bolton köndirgan. U Koreya yarim orolidagi mojaroga kuç yöli bilan yeçim topiş tarafdori sanaladi.

NBC ma'lumotlariga köra, sammitni bekor qiliş haqidagi qaror davlat kotibi Mayk Pompeo tomonidan salbiy qabul qilingan, u joriy yilda Pxenyanga Şimoliy Koreya hukumati bilan muzokaralar uçun ikki marta borib keldi.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ kelasi hafta boşida KXDRga qarşi yangi sanksiyalar joriy etmoqçi ekani xabar qilingandi.