Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomashina uchun «shapka» olmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Illyustrativ foto/autostrada.uz
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Sirdaryoavtotexxizmat” MChJ mutaxassisi E. va boshqalar firibgarlik yo‘li bilan fuqaro Sh.ga Toshkent shahri avtosalonlaridagi tanishlari orqali “Spark” rusumli avtomashina sotib olish uchun shartnoma olib berish evaziga 500 AQSh dollarini xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan “Sirdaryoavtotexxizmat” MChJ mutaxassisi E. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Lacetti uchun «shapka» olmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olingandi.
Mavzuga oid
09:36 / 05.12.2025
Vengriyaning “smart qishloq” tajribasi Sirdaryoda sinab ko‘riladi
18:54 / 04.12.2025
Sirdaryo viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqariladi
13:51 / 04.12.2025
Shavkat Mirziyoyev bioaksal polipropilen plyonka ishlab chiqaradigan yagona korxona faoliyati bilan tanishdi
12:16 / 04.12.2025