Poroshenko va Mey «Kremlning tajovuzkor siyosatini» muhokama qildi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko va Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey «Kremlning tajovuzkor siyosatiga» qarshi kurashish usullarini muhokama qildi. Bu haqda Ukraina prezidenti matbuot xizmati xabar bergan.
«Ikki davlat yetakchilari 8-9 iyun kunlari Kanadada bo‘lib o‘tadigan «Katta yettilik» sammitiga tayyorgarlik fonida, Kremlning tajovuzkor siyosmatiga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamjamiyatni safarbar qilish masalasiga e'tibor qaratdi», - deyiladi prezident matbuot xizmati bayonotida.
Mamlakatlar yetakchilari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida gaplashishgan. Xususan, bu Qrim ko‘prigi qurilishi tugagani tufayli ham dolzarb ahamiyat kasb etgani aytiladi. Shuningdek, Poroshenko va Mey Malayziyaning Boeing layneri halokati bo‘yicha xalqaro tergov guruhi xulosalarini qo‘llab-quvvatlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ukrainalik deputat Qrim ko‘prigini yo‘q qilib tashlash kerakligini bildirgandi.
Mavzuga oid
18:13 / 28.11.2024
Rossiyada 21 ming migrantni noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslar qo‘lga olindi
16:08 / 28.11.2024
Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshiradi - Putin
13:10 / 28.11.2024
Rossiya ARD'ning ikki jurnalistini mamlakatdan chiqarib yuboryapti
11:31 / 28.11.2024