Ukraina Oliy radasi deputati Igor Mosiyçukning ma'lum qilişiça, Kerç böğozi orqali ötgan Qrim köprigini yöq qiliş kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda «112 Ukraina» xabar qilmoqda.

«Kerç köprigi – bu duşmanlarning infratuzilmasi... Albatta, Qrim ozod etilsa, keyingi deokkupatsiya holatida, bu – strategik obekt. Öz hududi, fuqarolari uçun uruş holatida bölgan istalgan normal davlat, albatta, duşmanlarning infratuzilmasi – köprik, temiryöl punkti, aeroportni yöq qilişga intiladi», - dedi Mosiyçuk.

Mosiyçuk köprikni yöq qiliş işlarida özi ham iştirok etişi mumkinligi haqida gapirib, mudofaa vaziri lavozimida bölganida, albatta şunday qilgan bölişini aytib ötdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Poroşenko mamlakat Qrim köprigidan Kuban bilan aloqalar uçun «foydalaniş» niyatida ekanini ma'lum qilgandi. Uning sözlariga köra, rossiyaliklarga Qrim köprigi «çekinişi uçun yöl sifatida» kerak böladi.