Rossiya MH17 halokatida rasman ayblandi
Niderlandiya va Avstraliya hukumati Rossiyani Malayziyaning Boeing MH17 layneri halokatida rasman aybladi. Bu haqda «Bi-bi-si» xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Rossiya samolyotning qulashiga aloqador ekanini rad etib kelayotgan bo‘lsa-da, Niderlandiya va Avstraliya hukumati aynan Rossiya ro‘y bergan halokatga mas'ul ekaniga ishonchi komil.
«Qo‘shma xalqaro jamoa xulosalaridan kelib chiqib, Niderlandiya va Avstraliya endi shunga aniq ishonch hosil qildiki, Rossiya MH17’ni urib tushirishda qo‘llanilgan «Buk» zenit-raketa majmuasini joylashtirganlik uchun javobgar», - deyiladi bayonotda.
Ayni damda Niderlandiya hukumati Rossiyani javobgarlikka tortish uchun keyingi qadamlarni qo‘yishga tayyorlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainada Malayziya laynerini urib tushirgan «Buk» Rossiyaga tegishli bo‘lgani aniqlangandi.
AQSh hukumati esa Rossiyani Boeing MH17 bo‘yicha yolg‘on bayonotlar berishni to‘xtatishga chaqirdi.
Mavzuga oid
18:44
Yevropa yangi energetika inqiroziga duch kelmoqda - OAV
15:56
Rossiya kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini qurilish sohasida ishga olmoqchi
14:18
Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
14:15