Niderlandiya milliy politsiyasi suriştiruvlar departamenti rahbari Vilbert Paulissenning ma'lum qilişiça, Ukraina şarqida Boeing samolyotining halokatga uçraşini suriştiruvdan ötkaziş bilan şuğullanayotgan xalqaro tergov guruhi, Malayziya laynerini urib tuşirgan «Buk» zenit raketa majmuasi Rossiya qurolli kuçlari 53-zenit raketa brigadasiga tegişli bölganini aniqlagan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Tergov guruhi barça tasvirlarni tadqiq qildi hamda «Buk» zenit raketa majmuasi qator noyob xususiyatlarga ega ekanini aniqladi. Tergov guruhi ular orqali barmoq izlarini olişga muvaffaq böldi. Bir neça «Buk» özaro taqqoslangaç, Boeinğni urib tuşirgan zenit raketa majmuasi Rossiya Federatsiyasining Kurskdagi 53-zenit brigadasiga tegişli bölgani aniqlandi», - dedi Paulissen.

U bu haqda Ukraina şarqida Malayziya laynerining halokatga uçraşini ikkinçi suriştiruvdan ötkaziş işlari dastlabki yakunlari taqdimotida aytib ötdi.

MN17 reysini amalga oşirayotgan samolyot 2014 yil yozida Ukraina osmonida urib tuşirilgan edi. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Donbassdagi vaziyat keskinlaşişiga nima sabab bölganini ma'lum qilgandi.