AQŞ hukumati Ukrainada Malayziyaning Boeing MH17 layneri halokatga uçraşi böyiça suriştiruv xulosalariga töla işonadi va Rossiyani aviahalokatdagi «öz örniga oydinlik kiritişga» çaqiradi. Bu haqda Davlat departamenti bayonotida aytilgan.

Bayonotda aytilişiça, Qöşma Ştatlar hukumati xalqaro tergov guruhining Malayziya laynerini urib tuşirgan «Buk» zenit raketa majmuasi Rossiya qurolli kuçlari 53-zenit raketa brigadasiga tegişli bölgani haqidagi xulosalariga butunlay qöşiladi. 

«Biz BMT Xavfsizlik Kengaşi talabi haqida eslatamiz. Unda aybdorlar javobgarlikka tortilişi va barça davlatlar uşbu aybdorlarni aniqlaş uçun töla hamkorlik qilişi belgilangan. Biz Rossiyani Xavfsizlik Kengaşining 2166 (2014) rezolyutsiyasini hurmat qiliş va unga rioya etişga çaqiramiz. Rossiya yolğonni bas qilib, layner qulaşida özining tutgan örniga oydinlik kiritişi uçun vaqt keldi», - deya ma'lum qilişgan bayonot tuzuvçilari.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukrainada Malayziya laynerini urib tuşirgan «Buk» qaysi davlatga tegişli bölgani aniqlangandi.