Jamiyat | 14:09 / 26.05.2018
11695
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda 18 kilogrammdan ortiq giyohvand modda topildi

Buxoro shahrida “Qoradori-2018” tadbiri o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, tadbir davomida, 24 may kuni Buxoro shahrida yashovchi N.S.ning uyidan 18 kg. 482 gr. “ko‘knor” giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda qariyb 5 kilogramm marixuana topilgandi.

Mavzuga oid