Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘lida havo ham sotilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 7 fevral kungi «Ichki turizmni faol rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari haqida»gi PQ-3514-sonli qarorining belgilangan talablarining ijrosini ta'minlash bo‘yicha joylarda bir qancha tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda, deb yozadi Kruz.
Nashrning qayd etishicha, Qonliko‘l tuman «Qonliko‘l» posyolka fuqarolar yig‘ini hududida «Aydos Diyorbek» xususiy korxonasi tomonidan «Orol dengizi mintaqasi havosi» konservalangan suveniri ishlab chiqarilmoqda.
Konserva qilingan havo – o‘z ichiga turli hil hissiyotlarni to‘plagan asl suvenir hisoblanadi.
Suvenirni sotib olgan turist faqat konservadagi havoni emas, balki Qoraqalpog‘iston, Orol dengizi hududlari haqidagi xotiralarini ham o‘zi bilan birga olib ketadi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
07:50 / 29.10.2025
Hindiston havo sifatini yaxshilash uchun sun’iy yomg‘irni qo‘llaydi
11:00 / 06.10.2025
Toshkent havosi iflosligi bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqdi
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
18:23 / 22.08.2025