Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksika shtatlaridan birida 62 kishi o‘ldirildi
Foto: Especial
Meksikaning Guanaxuato shtatida bir hafta davomida kamida 62 kishi o‘ldirildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
Aniqlik kiritilishicha, Salamanka shahrida kuni kecha 11 kishining jasadi topilgan. Ular mayda bo‘laklarga bo‘lib tashlangan va qora plastik paketlarga joylashtirilgani aytilmoqda.
Bundan tashqari, Selayya shahrida besh kishi tushlik vaqtida, restoran egasi bilan qo‘shib otib tashlangan. To‘rt kishi Irapuato shahrida otib o‘ldirilgan.
Guanaxuato shtati bir necha narkokartellarning hudud ustidan nazorat uchun mojaro markaziga aylangan. Qator holatlarda qotillar qurbonlarining jasadi yonida «narkoxat» qoldirgan, ularda raqobatchilarga tahdid bildirilgan.
Mavzuga oid
23:04 / 03.03.2026
Meksikada narkokartel yetakchisi «El Mencho» oltin tobutda dafn etildi
21:30 / 03.03.2026
FIFA prezidenti Meksika jahon chempionatini qabul qilishga tayyorligiga ishonch bildirdi
23:00 / 24.02.2026
Meksikada narkokartel rahbari o‘ldirilgandan keyingi tartibsizliklar to‘xtadi
11:57 / 24.02.2026