Jahon | 11:49 / 26.05.2018
23407
2 daqiqa o‘qiladi

OAV NATOning «qo‘rqinchli tushi» haqida ma'lum qildi

«Tishigacha qurollangan Kaliningrad oblasti» - NATOning qo‘rqinchli tushi, deb yozmoqda National Interest.

Nashrning ta'kidlashicha, Boltiq floti Polsha flotidan kuchliroq. Maqola muallifi fikricha, mintaqadagi rus raketalari va floti AQSh hamda Yevropa davlatlari qo‘shinlari harakati hududini ancha qisqartiradi.

Nashr eng katta tahdid sifatida «Iskander-M» raketa majmualarini keltirgan.

Foto: Wikimedia Commons

Ta'kidlanishicha, Rossiya X-55 va X-101 qanotli raketalariga ega harbiy-kosmik kuchlarni ham qo‘llashi mumkin.

Shuningdek, Kaliningradda flot kontingentining katta qismi joylashgan, jumladan, 21630 loyihasidagi sakkizta «Kalibr» raketasiga mo‘ljallangan 3R-14 UKSK vertikal uchirish qurilmasiga ega majmuali kichik artilleriya kemalari ham bor. Bundan tashqari, jurnalning xabar qilishicha, mudofaaga 956 loyihasidagi eskadrilyali minatashuvchi, ikkita «Neustrashimyy» qo‘riqchi kemasi, to‘rtta 20380 loyihasidagi korvet, 1234 loyihasidagi to‘rtta kichik raketa kemasi, shuningdek, yettita 1241 loyihasidagi raketa kateri ham jalb etilishi mumkin.

National Interest’ning ta'kidlashicha, NATOning Kaliningrad bilan chegaradosh bo‘lgan davlatlarida rus qo‘shinlarini mag‘lub etish imkoniyati hozircha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq National Interest AQShning «Abrams» tankini Rossiyaning «Armata»si bilan taqqoslagandi.

Mavzuga oid