Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Osetiya Gruziya bilan muzokaralar uchun shartlarni aytdi
Foto: RIA Novosti /Mixail Mokrushin
Janubiy Osetiya prezidenti Anatoliy Bibilovning ma'lum qilishicha, Tsxinval Tbilisi bilan muzokaralarni, agarda qator dastlabki shartlar bajarilsa boshlaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Biz, albatta, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga tayyormiz, biroq ilgari surayotgan qator shartlarimiz bor. Birinchidan, Gruziya Osetiyaga haqiqatdan ham Gruziya hujum qilganini rasman tan olishi kerak», - dedi Bibilov.
Uning ta'kidlashicha, aybdorlar Gruziya ichki sudi yoki xalqaro tribunal tomonidan jazoga tortilishi lozim. Uning fikriga ko‘ra, Gruziya harbiylari «xalqni qirg‘in qilishgan» va buning uchun «javob berish shart».
Bibilov Peterburg iqtisodiy forumi doirasida shunday bayonot bilan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Osetiya prezidenti mintaqadagi Rossiya qo‘shinlari haqida gapirgandi.
Mavzuga oid
14:29 / 03.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi shaxs Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
21:42 / 08.04.2025
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi
14:00 / 16.11.2024
Gurjistonsiz 30 yil: Abxaziya va Janubiy Osetiya qanday yashamoqda?
23:10 / 26.10.2024