Şu keça-kunduzda Abxaziyada yana hukumatga qarşi namoyişlar bölib ötmoqda. Abxazlar respublika parlamenti Rossiya bilan investitsiya bilan kelişuv ratifikatsiya qilinişiga qarşi çiqmoqda.

Namoyişçilar respublika poytaxti Suxumi şahrida yuk maşinasi yordamida parlament binosiga kiriş darvozasini buzişgan va içkariga kirişgan.

Bundan oldingi yirik namoyişlar 2023 yil dekabrda bölib ötgandi. Öşanda Abxaziya Pitsunda deb ataluvçi joyni Rossiyaga berib yuborgan va aholi bunga qarşi çiqqandi.

Özaro şartnomaga köra Rossiya sovet davrida davlat ahamiyatiga ega bölgan dalahovlilar va sanatoriylar joylaşgan Pitsundani nol qiymatda heç qanday tölovlarsiz 49 yilga ijaraga olgandi.

Pitsunda Abxaziyaning eng bahavo hududida joylaşgan

Pitsunda Rossiyaga berilar ekan, ijtimoiy tarmoqlarda rossiyaliklar va abxaziyalar örtasida keskin bahslar böldi. Şunda rossiyaliklar:

«Şunça yildan buyon Rossiya sizlarni boqib keldi. Davlat taşkilotlarida işlaydiganlarga maoşlar, qariyalarga pensiyalarni töladi. Endi ozgina yer berilişiga qarşi çiqib «rahmat» aytyapsizlarmi?» – qabilida izohlar yozişdi.

Bunga javoban abxaziyaliklar «Rossiya har doim xolis döstligini aytib kelgani, agar bir kun kelib öşa yordam hisobiga yer olişini aytganda, yordam pullarini olmagan bölişi»ni aytib javob berişdi.

Xöş, nega sovet davrida gullab-yaşnagan va odamlarning turmuş darajasi juda yuqori bölgan Abxaziya Gurjistondan ajralib çiqqandan söng xarob va boqimandaga aylandi? Quyida şu haqda söz yuritamiz.

Sovet davrida gullab-yaşnagan va keyin xarob bölgan ölkalar

SSSR davrida Gurjiston tarkibida bölgan Abxaziya va Janubiy Osetiya mamlakatning eng obod göşalaridan biri edi.

Biri Qora dengiz böyida, ikkinçisi Gurjiston şimolidagi bahavo toğ örmonlari bilan qoplangan hududda joylaşgan bu ikki ölkada köplab elit sanatoriylar, dam oliş uylari va pansionatlar bor edi.

U yerlarga oddiy odamlar bora olmas, asosan turli darajadagi rahbarlar va yaxşi daromadga ega bölgan, öziga töq insonlar borib dam olardi.

Qazilma boyliklari va qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş uçun oşiqça yeri bölmagan bu ikki hudud aholisi asosan xizmat körsatiş sohasida işlar va şuning ortidan yaxşi turmuş keçirardi.

"Gruziya" sanatoriyasi, 1980-yillar
mapio.net

Ammo SSSR tarqab ketgandan söng har ikkala hudud Gurjistondan bir tomonlama ajralgaç vaziyat özgardi. Notinçlik tufayli Abxaziya va Janubiy Osetiyaga kam sonli rossiyaliklardan taşqari heç kim kelmay qöydi.

Oqibatda, sovet davrida qurilgan sanatoriylar, pansionatlar, dalahovlilar va dam oliş uylari qarovsiz qolib yarim vayronaga aylandi va aholining turmuş darajasi tuşib ketdi.

Ança yillardan buyon Abxaziya va Janubiy Osetiya aholisi Rossiyadan oladigan yordam hisobiga yaşamoqda. Jumladan, har ikki respublikada budjet taşkilotlarida işlaydiganlar maoşi, pensiya va turli nafaqalar Rossiya ajratayotgan mablağlar hisobidan tölab kelinmoqda.

Abxaziya va Janubiy Osetiyada yuz berib kelayotgan iqtisodiy qiyinçiliklar ortidan bu ikki respublika aholisi Rossiya va boşqa davlatlarga köçib ketgan. Bu jarayon hanuzgaça davom etmoqda.

Xalqimizda «Bir kun janjal bölgan joyda qirq kun baraka bölmaydi» degan naql bor. Abxaziya va Janubiy Osetiya bir tomonlama Gurjistondan ajralib çiqqanini e’lon qilişi ortidan oğir vaziyatga tuşib qoldi.

"Gruziya" sanatoriyasi hozir taşlandiq holga kelib qolgan
dzen.ru

Agar SSSR parçalanib ketgandan söng sodir bölgan siyosiy jarayonlarga qaralsa, bir tomonlama mustaqillik e’lon qilib oğir vaziyatga tuşgan faqat Abxaziya va Janubiy Osetiya emas.

Moldova şarqidagi tan olinmagan Dnestrböyi respublikasi, Ozarboyjondagi Toğli Qoraboğ respublikasi ham uzoq yillar oğir iqtisodiy qiyinçiliklar bilan yaşadi.

(2020 yilda Ozarboyjon va Armaniston örtasida 44 kunlik uruş bölib ötdi va ozarlar Toğli Qoraboğni öz nazoratiga qaytardi. Endi bu hududga juda katta sarmoya kiritilib, infratuzilma tiklanyapti.)

Mustaqil Gurjiston va undan ajralib çiqiş uçun harakatlar

1990 yilda SSSR tarkibiga kiruvçi ittifoqdoş respublikalar mustaqil böliş uçun harakat boşlaydi. Şu jumladan Gurjistonda ham 1990 yil 28 oktyabr kuni köppartiyaviylik asosida parlament saylovlari ötkaziladi. Unda Gurjistonni mustaqil qilişni maqsad qilgan Ozod Gurjiston harakati ğalaba qozonadi.

Şundan söng Gurjistonda barça davlat ramzlari almaştiriladi. Davlatning nomi Gurjiston SSRdan Gurjiston demokratik respublikasi deb özgartiriladi.

1991 yil 31 mart kuni Gurjistonda 1918 yilda qabul qilingan Mustaqillik Akti böyiça mamlakatning mustaqil bölişi masalasida referendum ötkaziladi. Unda qatnaşganlarning 98,93 foizi mustaqillikni yoqlab ovoz beradi.

1991 yil 9 aprel kuni respublika oliy soveti Gurjiston mustaqilligi haqida aktni qabul qiladi.

Ana şu kunlarda mamlakat tarkibida bölgan Abxaziya va Janubiy Osetiya Gurjistondan ajralib çiqişini ma’lum qiladi. Örtada qurolli mojaro boşlanadi.

1991 yil avgust oyida SSSRda davlat töntarişi amalga oşiriladi va u muvaffaqiyatsizlikka uçraydi. Ittifoqdoş respublikalar birin-ketin öz mustaqilligini e’lon qiladi.

Köp ötmay dunyo davlatlari sobiq ittifoq respublikalarining, şu jumladan Gurjistonning ham mustaqilligini tan ola boşlaydi.

1991-1992 yillarda sodir bölgan qurolli mojarolarda Rossiya zimdan Abxaziya va Janubiy Osetiyani qöllaydi. Ayirmaçilarga harbiy yordam körsatadi. Şundan söng, rasmiy Tbilisi Abxaziya va Janubiy Osetiya ustidan öz nazoratini yöqotadi.

Bungaça Gurjistondagi Abxaziya va Janubiy Osetiya mojarolaridan taşqari, yana bir neçta respublikada ayirmaçilik va etnik mojarolar sodir böladi.

Jumladan, Ozarboyjonga tegişli Toğli Qoraboğda Ozarboyjon va Armaniston örtasida, Prinestroveda Moldaviya tarkibida bölişni xohlamagan kuçlar hukumatga qarşi qurol kötarib çiqişadi.

Uşbu mojarolar sodir bölgan hududlarning barçasiga Rossiya tinçlikparvar kuçlar niqobi ostida öz qöşinlarini kiritadi. (Ularning aksariyati hanuzgaça saqlanib qolyapti.)

Abxaziyadagi Rossiya armiyasi
apsnypress.info

Abxaziya va Janubiy Osetiya

1992 yilda Abxaziya va Janubiy Osetiya öz mustaqilligini e’lon qiladi. Gurjiston öz tarkibidagi bu hududlarning respublikaning mustaqil bölib ketişiga rozi emasdi. Şu tariqa örtada qurolli mojarolar yuzaga keladi.

Ikki yildan oşiqroq davom etgan uruş 1994 yil 14 may kuni Moskvada tomonlarning tinçlik bitimini imzolaşi bilan yakun topadi. Şundan söng Abxaziyaga tinçlikparvar kuçlar niqobi ostida Rossiya harbiylari kiritiladi.

Har yili 27 sentabr Gurjistonda Abxaziya yöqotilgan kun sifatida eslanadi. Bu bejizga emas. 1993 yil 27 sentabr kuni Gurjiston Milliy gvardiya qöşinlari uzil-kesil Abxaziya ustidan nazoratni boy bergan.

Öşanda sönggi janglar 13 oy va 13 kun davom etgan, Rossiyadan harbiy yordam olib turgan abxazlar Gurjiston milliy gvardiyasi xodimlarini öz hududidan siqib çiqargandi.

Janubiy Osetiyaning taqdiri ham Abxaziyanikiga öxşaş keçadi. 3-4 yil davomida Gurjiston bilan qurolli mojaroga borgan osetinlar 1995 yilda ölka ma’muriy markazi Tsxinvali şahrida YeXHT va Rossiya iştirokida özaro kelişuvni imzolaydi.

Janubiy Osetiyadagi Rossiya armiyasi

Kelişuvga köra, Gurjiston Janubiy Osetiyani kuç bilan böysundiriş, Janubiy Osetiya esa Gurjiston tarkibidan ajralib çiqiş haqidagi qarorlarni bekor qilişadi.

Şundan söng Gurjiston va Janubiy Osetiya rahbarlari bir neça marta uçraşib, ölkaning Gurjiston tarkibida qolişi va unga muxtoriyat huquqi berilişini muhokama qilişadi. Turli kelişuvlarga erişiladi.

Ammo Rossiya tinçlikparvar kuçlari joylaştirilgan Janubiy Osetiya kelişuvlarni doimiy ravişda buzib keladi va oxir-oqibat Gurjiston tarkibiga qaytmasligini ma’lum qiladi.

08.08.08. Gurjiston-Rossiya uruşi

Janubiy Osetiyaga doir muhim voqea 2008 yilda sodir böladi. Öşa yili 7 avgust kuni Gurjiston harbiylari özini mustaqil deb e’lon qilgan Janubiy Osetiya poytaxti Tsxinvalini egallaydi.

8 avgust kuni öz fuqarolarini himoya qiliş bahonasi bilan Rossiya harbiylari Gurjistonga bostirib kiradi. Uç kun davom etgan uruşda Gurjiston yengiladi. Öşanda Gurjistonda demokratik islohotlar ötkazgan Mixail Saakaşvili mamlakat prezidenti edi.

Uruş tugagaç, Rossiya Janubiy Osetiya va Abxaziyani ham mustaqil davlat deb tan oladi. Şundan söng har ikki respublika Rossiyaga qaram hududga aylanadi.

2008 yilda sodir bölgan uruşgaça va undan keyin ham Janubiy Osetiya va Abxaziya respublikalari aholisiga Rossiya pasportlari tarqatilmoqda.

2008 yildagi uruşda Rossiya armiyasi Tbilisi yaqinigaça egallab borgan
flickr.com

Xaroba bölgan va boqimandaga aylangan ayirmaçilar

Abxaziya va Janubiy Osetiya özini mustaqil deb e’lon qilganiga 30 yildan oşyapti. Bu ikki respublika Gurjistondan bir tomonlama öz mustaqilligini e’lon qilib gullab-yaşnab ketmadi.

Aksinça, köp narsalarni boy berdi. Ayniqsa, «mustaqillik»dan Abxaziya juda katta zarar kördi. Respublikaning sayyohlik tizimi butunlay «ötirib» qoldi. Odamlar işsizga aylandi.

Sovet davrida kommunistik partiyaning yuqori lavozimli amaldorlari dam olgan sanatoriylar, pansionatlar va boşqa dam oliş joylari yarim vayronaga aylandi.

Hatto, Abxaziyaga bemalol kirib-çiqişi mumkin bölgan rossiyaliklar ham dam oliş uçun bu respublikaga kelmaydi. Töğri-da, yarim vayronaga aylangan joylarga kim ham kelardi?!

Abxaziyadagi taşlandiq sanatoriya. Sovet davrida bu yerda yuqori lavozimli amaldorlar dam olgan
hotelbeliving.ru

Qolaversa, Abxaziya va Janubiy Osetiya özini mustaqil deb e’lon qilgani bilan tom ma’noda mustaqil bölgani yöq. Aksinça, Gurjistondan ajralib çiqib, bir tomonlama mustaqillik e’lon qilgani bilan Rossiyaga siyosiy va iqtisodiy qaramga aylandi.

Bu xuddi qordan qutulib, dölga tutilişga öxşaydi. Bugun har ikki respublika töliq dotatsiyada ötiribdi va Rossiyaning yordami bilan kun köryapti.

Uzoq yillardan buyon Rossiya Abxaziya va Janubiy Osetiyaga har yili yordam pullarini ajratib kelmoqda. Abxazlar va janubiy osetiyaliklar öşa pullar hisobidan yaşamoqda.

Budjet tizimida işlovçilarning maoşlari, pensiya va nafaqa kabi ijtimoiy tölovlar öşa pullar hisobidan tölanmoqda.

Biroq, 2022 yil 24 fevral kuni Rossiya Ukrainaga bostirib kirgandan söng vaziyat tamomila özgardi. Ğarb sanksiyalari tufayli Rossiyaning özi iqtisodiy muammolarga duç kelyapti.

Abxaziyadagi taşlandiq pansionat binosi (örtadagi baland bino)
pikabu.ru

Bunday şaroitda Rossiya Abxaziya va Janubiy Osetiyaga yordam bera olmasligi kunday ravşan edi. Şu sababli ham uruş boşlangandan söng bir neça kun ötib, Rossiyada Abxaziya va Janubiy Osetiyaga beriladigan yordam miqdorini keskin kamaytiriş haqida gapira boşlaşdi.

2022 yil fevraldan keyin Abxaziya uçun yana bir köngilsiz iş sodir böldi. Rossiya tomoni Abxaziyaga oşiqça pul berib yuborganini da’vo qilib, uni qaytarişni söramoqda.

Jumladan, 2023 yil 15 mart kuni Rossiya davlat Dumasida şu masala körib çiqilgan va 2015 yildan 2022 yil 30 iyungaça 24,4 mln rubl oşiqça tölangani ma’lum qilingan.

Bundan taşqari, 2025 yildan boşlab Rossiya Abxaziyadagi budjet xodimlariga maoş tölaşni töxtatmoqçi. Agar bu iş amalga oşsa, şundoq ham qiyin ahvolda yaşayotgan Abxaziyada vaziyat battar oğirlaşadi.

Sönggi tadqiqotlar va tahlillar şuni körsatmoqdaki, Abxaziyada sönggi 10-15 yilda ham heç qanday mahsulotlar işlab çiqarilmaydi. Respublikada yetiştirilayotgan qişloq xöjaligi mahsulotlari esa abxazlarning özidan ortmayapti.

Sayyohlik tizimi batamom işdan çiqib bölgan va juda oz sonli rossiyaliklarni aytmaganda respublikaga hordiq çiqariş uçun heç kim kelmaydi.

Respublika faqat iste’molçiga aylangan va mahsulotlar töliq xorijdan olib kelinadi. Oqibatda, Abxaziyadan çiqib ketayotgan pul miqdori, Rossiya berayotgan yordam va şu davlatda işlayotgan abxaziyaliklar yuborayotgan pul miqdoridan oşib ketgan.

2023 yilda Pitsundaning Rossiyaga berib yuborilişiga qarşi ötkazilgan norozilik anmoyişi
kavkaz-uzel.eu

Abxaziyada iqtisodiy vaziyatning oğirligi har yil qiş faslida yaqqol seziladi. Garçi respublika Qora dengiz böyida, nisbatan iliq iqlim hukm suradigan hududda joylaşgan bölsa ham kuzdan bahorgaça elektr energiyasi ta’minotida uzilişlar böladi.

Çunki respublika öz ehtiyojlariga yaraşa elektr energiya işlab çiqara olmaydi. Qöşnilardan sotib oliş uçun esa pul kerak.

Tahlilçilarga köra, agar Abxaziya va Janubiy Osetiya Gurjiston tarkibida qolganida bugun Gagradagi va Tsxinvalidagi mehmonxonalar, sanatoriylarga quşlar uya qurmagan va ularga milliardlab dollar sarmoyalar kiritilgan bölardi.

Bugun kimsasiz holda huvullab yotgan joylar yevropaliklarning eng sevimli dam oliş maskanlariga aylanardi.

Bunga Gurjistondagi Batumi şahrini misol qiliş mumkin. Ajariya ham Abxaziya va Janubiy Osetiyaga öxşab Gurjiston tarkibida avtonom hudud hisoblanadi.

Batumi şahri manzaralari
gites.fr

Bu respublikada ham 2004 yilda Gurjistondan ajralib çiqiş uçun qurolli mojarolar sodir böldi. Biroq hukumat qözğolonni bostirişga muvaffaq böldi.

Öşanda ayirmaçilar yetakçisi Ajariya rahbari Aslan Abaşidze Moskvaga qoçib ketdi. Köp ötmay mojarolar tinçidi va respublika juda tez sur’atlarda rivojlana boşladi.

Bugun Ajariya tom ma’noda gullab-yaşnamoqda. Sönggi yillarda Qora dengiz böyidagi dam oliş hududlarini rivojlantiriş uçun Batumi va yana bir qator şaharlarga juda katta xorijiy sarmoya kirib keldi.

Ajariyaning hududi 2 899 kilometr kvadrat va bu yerda bor-yöği 370 ming aholi yaşaydi (Özbekistondagi örtaça bitta tuman aholisi). Biroq respublikaning yalpi içki mahsulot hajmi 2016 yildan buyon har yili qariyb 8 foizdan ösib kelmoqda.

2022 yilda Ajariyaga 107 mln dollar töğridan töğri investitsiya kirgan. 2021 yilda respublika budjeti 307,4 mln lari (dollarda 115 mln dollar atrofida böladi) foyda körgan.

Batumi şahri manzaralari
trip.com

Abxaziyada 2023 yilda eng yuqori maoşlar (bu yerda Rossiya rubli amal qiladi) moliya sohasida işlayotganlarga berilgan – 36,9 ming rubl. Boşqalarda , sayyohlik sohasida – 24,5 ming, savdo sohasida – 26 ming, quriliş va energetika sohasida – 22 ming, sanoatda band bölganlar – 20 ming rubl, aloqaçilar – 18 ming rubl bölgan.

Eng kam maoş jamoat transporti haydovçilari 13,9 ming, ilmiy-işlab çiqariş sohasida – 14,6 ming rublni taşkil etgan. Agar 1 AQŞ dollar sönggi paytlarda 90 rubl atrofida bölayotgani inobatga olinsa Abxaziyada eng katta maoş 350 dollar atrofida, eng kam maoş esa 100 dollardan oşiqroq ekanini köriş mumkin.

2023 yilda Abxaziyada örtaça iş haqi respublika markazi Suxumi şahrida 250 dollarni, tumanlarda esa 10 ming rubldan 18 ming rublgaça (110 dollardan 200 dollargaça)ni taşkil etgan.

Bu körsatkiç Gurjistondagi vaziyat bilan soliştirganda ança kam. Jumladan, 2023 yil ma’lumotlariga köra bu mamlakatda örtaça iş haqi 657 dollarni (1 717 lari, 1 dollar 2,65-2,80 lariga teng), poytaxt Tbilisi va Batumi şaharlarida bu körsatkiç 1 000 dollarni taşkil etgan.

Oçiq ma’lumotlardan körinib turibdiki, bugun oğir iqtisodiy şaroitda yaşayotgan abxaziyaliklar gurjistonliklarga qaraganda 5-6 barobar kam iş haqi olişadi.

Abxaziya poytaxti Suxumi şahri
alamy.com

Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini kimlar tan olgan?

Vikipediya ma’lumotlariga köra, Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini Rossiya, Nikaragua, Venesuela, Suriya va Okeaniyada joylaşgan Nauru tan olgan.

Xalqaro siyosatda bor-yöği törtta davlatning tan olişi amalda heç narsani anglatmaydi. Çunki şunday davlatlar borki, ularning mustaqilligini yuzlab davlatlar tan olgan. Şunda ham ular BMT va şu kabi xalqaro taşkilotlar a’zosi emas.

Masalan, Kosovo va Falastin. Falastin mustaqilligini 150 ga yaqin, Kosovo mustaqilligini esa 100 ta davlat tan olgan. Şunda bu ikki davlat xalqaro taşkilotga tölaqonli a’zo böla olmayapti.

Xaritada yaşil rangda Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini tan olgan davlatlar körsatilgan

Şundan kelib çiqsak, kelajakda Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini boşqa davlatlar tan olgan taqdirda ham (bunday bölişi hali amrimahol) bu ikki respublika xalqaro hamjamiyat bilan integratsiyaga kirişa olmaydi.

Ğayrat Yöldoş tayyorladi.