Janubiy Osetiya prezidenti Anatoliy Bibilovning ma'lum qilishicha, Rossiya qo‘shinlari mintaqada xavfsizlik kafolatchisi sanaladi. Bu haqda RIA «Novosti» siyosatchining Peterburg iqtisodiy forumidagi so‘zlariga asosan xabar bermoqda.

«Bugungi kunda Rossiya Janubiy Osetiya respublikasining xavfsizligi kafolatchisi sanaladi. Qo‘shinlarni Amerika yoki Gruziyaning tushunarsiz xohish-istaklariga qarab olib chiqib ketish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas», - degan Bibilov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya bilan amaldagi shartnomalarga ko‘ra, ushbu davlat mintaqada xavfsizlikni ta'minlaydi. Uning fikricha, mintaqada barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashning boshqa usuli yo‘q.

«Bizning kuch mahkamalarimiz o‘rtasidagi ish va prezidentlar hamda mudofaa vazirlari darajasida bor bo‘lgan kelishuvlar shundan darak beradiki, biz xavfsizlikning yagona konturini ishlab chiqmoqdamiz», - dedi Bibilov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin G‘arb davlatlarini «qizil chiziqdan» o‘tmaslikka chaqirgandi.