Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muhammad Saloh JCh-2018’ni o‘tkazib yuborishi mumkin
YeChL finalida «Real» sardori Serxio Ramos bilan to‘qnashuvda yelkasidan jarohatlangan «Liverpul» va Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh Rossiyada o‘tadigan futbol bo‘yicha XXI jahon chempionatida ishtirok etmasligi mumkin.
Jurnalist Adriano Del Monte BBCga tayanib o‘zining «Tvitter» mikrobloglar tarmog‘idagi rasmiy sahifasida e'lon qilishicha, Muhammad Saloh yelkasi chiqqanligi tufayli jahon chempionatida o‘z milliy terma jamoasiga yordam berolmasligi mumkin.
JCh-2018 yilning guruh bosqichida Misr terma jamoasi Rossiya, Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalari bilan o‘ynaydi.