Ronaldu «Real»dan ketishi mumkinligiga shama qildi
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi finalida «Liverpul»ga qarshi kechgan va 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvdan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Real»da hammasi juda yaxshi bo‘ldi. Yaqin vaqtlar ichida muxlislarga qarorimni ma'lum qilaman, ular hamisha men tomonda bo‘lishgan.
Biz yangi tarix yozdik va endi undan bahra olishimiz kerak.
Hozir bunday lahzalardan zavqlanish kerak. Bunday vaqtda futbolchining kelajagi masalasi muhim bo‘lmay turadi. Keyin biroz dam olamiz. Keyin ko‘ramiz nima bo‘larkin?
Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari kim? Kim barchadan ko‘proq sovrin yutgan? Kim hammadan ko‘proq gol urgan?», – deya portugaliyalik futbolchining so‘zlarini keltirgan Marca.
Bundan oldinroq «Real»ning boshqa bir yetakchisi Garet Beyl ham yozda jamoadan ketishi mumkinligi haqida gapirgandi.
Mavzuga oid
11:06 / 06.10.2024
«Real»da qo‘rqinchli jarohat, Angliyada peshqadamlarning muammolari. Kun o‘yinlari
10:48 / 04.10.2024
Galaktikos 2.0. «Real»ning natijalari qanchalik xavotirli?
11:22 / 03.10.2024
«Real», «Bavariya» va «Atletiko» yutqazdi, «Yuventus»da dahshatli kambek. YeChLda sensatsiyalar kuni
11:34 / 30.09.2024