Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Turkiyaga milliard dollar to‘lab beradi
Turkiya Rossiyadan tabiiy gazga chegirma hisobiga bir milliard dollar oladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma'lum qildi.
Erdo‘g‘anning aytishicha, Anqara va Moskva 2015 va 2016 yillarda Rossiya tomonidan Turkiyaga yetkazilgan gazga chegirma berilishi bo‘yicha kelishuvga erishdi. “Uzoq kechgan muzokaralar natijasiga ko‘ra, 2015 va 2016 yillarda yetkazib berilgan gazga 10,25 foizlik chegirma taqdim qilishga erishildi. Bu ikki yil davomida to‘lovdagi farq, ya'ni bir milliard dollar Turkiyaga qaytariladi”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an Turkiya Rossiyadan gazga chegirma berilishini 2015 yilda talab qilganini eslatib o‘tgan. Moskva bu talabni qondirishdan bosh tortgan. Shundan keyin Anqara Xalqaro hakamlik sudiga murojaat qilgan.