Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farzandlar uchun ilmdan oldin turadigan zaruriy ishlar bor...
“Islom nuri” dasturining bugungi sonida Ramazonning inson tarbiyasida tutgan o‘rni haqida suhbat yuritiladi. Suhbatdoshimiz poytaxtdagi “Xo‘ja Alambardor” jome masjidi imom xatibi Rahimberdi Rahmonov.
YouTube'da tomosha qilish
Tas-IX'da tomosha qilish
- Bu oyda biz farzandlarimiz tarbiyasiga ko‘proq e'tibor berishimiz kerak. Farzandlar uchun ilmdan oldin turadigan zaruriy ishlar bor. Bu – odobdir. Ular, birinchi navbatda, odobli bo‘lsin. tarbiyali, axloqli, muhabbatli bo‘lsin...
Alloh taolo Qur'oni karimda payg‘ambarimiz (s.a.v)ni vasf qila turib shunday marhamat qiladi: “Va albatta siz, ulug‘ xulq sohibisiz”. Alloh Muhammad alayhissalomning Qur'on o‘qishlarini, ko‘rinishlarini, ibodat qilishlarini, va'z qilishlarini chiroyli demadi, balki axloqlarini go‘zal dedi. Insonni maqtasa arzigulik jihati uning axloqi. Bizning darajamizni qanday oila barpo qilganimiz, qanday farzandlar ulg‘aytirganimiz belgilaydi.
Vatanparvarlik deganda yaxshi farzand tarbiya qilishni tushunaman. Chunki vatanparvarlik yurtga nimadir xizmat qilishmi, demak vatanga kerak farzandlarni tarbiya etib, taqdim etishlik eng katta vatanparvarlik. Eng katta ma'naviyat ota-onani qadrlash. Farzand ota-onasini qadrlasa, barcha narsaning: vatanining, ro‘zg‘orining, yoru do‘stlarining qadriga yetadi. Tasavvur qiling, ota-onasining qadrini bilmagan farzand uchun nimaning qadri bor?
imom xatibi Rahimberdi Rahmonov
Bugun mana shu tarbiyani yuqori pog‘onaga ko‘tarishimiz kerak. Ota-onani qadrlash, ulug‘lash, ularni yaxshi ko‘rish... Bundan keyin, inshaolloh, biz boshqa natijalarga erishamiz. Jamiyatda eng yaxshi yigit ota-onasini ulug‘lab, qadriga yetib yurganidir. Ota-onasiga mana shunday muhabbat bilan xizmat qilayotgan yigitlarning boshqa faoliyatiga ham nazar tashlaylik. Ularning ishxonasidagi, yoru-do‘stlari orasidagi xatti-harakati ham tahsinga sazovor, - dedi R.Rahmonov