Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha Ukraina va Gruziya NATOga kirishi kerakligini ma'lum qildi
Foto: RIA Novosti /Aleksey Vitvitskiy
Polsha seymi spikeri Marek Kuxchinskiyning NATO parlament assambleyasida ma'lum qilishicha, mamlakat Gruziya va Ukraina alyansga qo‘shilishi tarafdoridir. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Kuxchinskiyning so‘zlariga ko‘ra, NATOga a'zo davlatlar qadriyatlari va majburiyatlarini bo‘lishuvchi barcha mamlakatlar uning bir qismiga aylanish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.
«Biz Gruziya va Ukrainaning NATOga a'zo bo‘lishi tarafdorimiz», - deya ma'lum qilgan Kuxchinskiy.
Uning qo‘shimcha qilishicha, alyans tarkibiga Ukraina va Gruziya tomonining qabul qilinmasligi uning barqarorligiga tahdid uyg‘otadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha AQSh harbiy bazasi uchun 2 mlrd dollar to‘lashga tayyor ekani xabar qilingandi.
Bundan tashqari, OAV NATOning «qo‘rqinchli tushi» haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
15:09 / 13.01.2026
Norvegiya Ukrainaga 340 mln yevro yordam ajratmoqda
13:10 / 13.01.2026
NATO Arktikada xavfsizlikni oshirish bo‘yicha qadamlarni ishlab chiqmoqda
13:02 / 13.01.2026
Ukraina litiy qazib olish huquqlarini amerikalik investorlarga berdi
10:43 / 13.01.2026