«Tişigaça qurollangan Kaliningrad oblasti» - NATOning qörqinçli tuşi, deb yozmoqda National Interest.
Naşrning ta'kidlaşiça, Boltiq floti Polşa flotidan kuçliroq. Maqola muallifi fikriça, mintaqadagi rus raketalari va floti AQŞ hamda Yevropa davlatlari qöşinlari harakati hududini ança qisqartiradi.
Naşr eng katta tahdid sifatida «Iskander-M» raketa majmualarini keltirgan.

Ta'kidlanişiça, Rossiya X-55 va X-101 qanotli raketalariga ega harbiy-kosmik kuçlarni ham qöllaşi mumkin.
Şuningdek, Kaliningradda flot kontingentining katta qismi joylaşgan, jumladan, 21630 loyihasidagi sakkizta «Kalibr» raketasiga möljallangan 3R-14 UKSK vertikal uçiriş qurilmasiga ega majmuali kiçik artilleriya kemalari ham bor. Bundan taşqari, jurnalning xabar qilişiça, mudofaaga 956 loyihasidagi eskadrilyali minataşuvçi, ikkita «Neustraşimyy» qöriqçi kemasi, törtta 20380 loyihasidagi korvet, 1234 loyihasidagi törtta kiçik raketa kemasi, şuningdek, yettita 1241 loyihasidagi raketa kateri ham jalb etilişi mumkin.
National Interest’ning ta'kidlaşiça, NATOning Kaliningrad bilan çegaradoş bölgan davlatlarida rus qöşinlarini mağlub etiş imkoniyati hozirça yöq.
Eslatib ötamiz, avvalroq National Interest AQŞning «Abrams» tankini Rossiyaning «Armata»si bilan taqqoslagandi.
















