Jahon | 22:38 / 29.05.2018
1552
2 daqiqa o‘qiladi

Papua - Yangi Gvineyada bir oyga Facebook'dan foydalanish taqiqlandi

Foto: globallookpress

Papua - Yangi Gvineya hukumati mamlakatda Facebook ijtimoiy tarmog‘idan foydalanishni bir oy muddatga taqiqladi. Bu vaqt ichida fuqarolarning platformani qanday qo‘llayotgani, yolg‘on ma'lumotlar va behayo kontentlar qanday tarqalayotgani o‘rganiladi, shuningdek soxta foydalanuvchilar akkauntlari o‘chiriladi. The Guardian shu haqida xabar berdi. 

Bugunga kelib dunyoning 2 milliarddan ziyod kishisi Facebook'dan foydalanadi. Ularning qanchasi Yangi Gvineya fuqarolari ekani aniq emas. Shunday bo‘lsa-da, Jahon banki ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatning 8 million aholisidan 10 foizigina internetga kirish imkoniga ega. 

Mamlakat hududida ijtimoiy tarmoq faoliyatining to‘xtatilishi soxta akkauntlardan ro‘yxatdan o‘tgan, behayo kontentlarni yuklovchi, yolg‘on va chalg‘ituvchi ma'lumotlarni joylovchi Facebook foydalanuvchilarini aniqlash va ularni saralash imkonini beradi, - dedi Papua - Yangi Gvineyaning aloqa vaziri Sem Bezil. 

Bundan tashqari, hukumat boshqa davlatlarning Facebook bilan qanday aloqa qilayotganini o‘rganishni rejalashtirmoqda.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid