Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 08:27 / 30.05.2018
9434
1 daqiqa o‘qiladi
“Chorsu” bozorida pichoq urib, jarohat yetkazgan shaxs ushlandi
Foto: KUN.UZ
25 may kuni Chilonzor tumanida yashovchi S.B. “Chorsu” dehqon bozori hududida o‘zaro janjal oqibatida E.A.ning qorin va o‘ng oyoq son qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Natijada E.A. kasalxonaga yotqizilgan. S.B. ushlangan.