Jahon | 09:37 / 30.05.2018
8497
1 daqiqa o‘qiladi

MRB KXDR yadro quroli bo‘yicha maxfiy hisobot tayyorladi

Foto: KCNA via Reuters

MRB hisobotiga ko‘ra, Shimoliy Koreya hukumati yaqin vaqt ichida o‘z yadroviy salohiyatini yo‘q qilish niyatida emas. Bu haqda NBC News manbaga asosan yozmoqda.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Markaziy razvedka boshqarmasi AQSh ma'muriyatiga maxfiy hisobot taqdim etgan. Unga ko‘ra, KXDR yetakchisi Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralarda biroz yon bosishi mumkin, biroq yaqin vaqt ichida yadroviy quroldan voz kechish niyatida emas.

Ta'kidlanishicha, hujjat mualliflari Kim Chen In Shimoliy Koreyada burgerlar tayyorlash bo‘yicha restoranlar tarmog‘ini ochishga tayyor ekani hamda bu yaxshi niyat belgisi sifatida bo‘lishi kerakligini bildirgan. Shuningdek, u Amerika kompaniyalariga KXDR infratuzilmasini rivojlantirishga mablag‘lar yo‘naltirishga ruxsat berishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp KXDR bilan muzokaralar muddatiga aniqlik kiritgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid