AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'lum qilişiça, Vaşington KXDR bilan samarali muzokaralar olib bormoqda. Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, sammit kerak bölgan taqdirda uzaytiriladi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.

«Biz Şimoliy Koreya bilan sammitni ötkazişga qaytiş borasida juda samarali muzokaralar olib bormoqdamiz, u, agarda hammasi köngildagidek keçsa, Singapurda öşa kuni, 12 iyunda bölib ötadi, hamda, lozim topilsa, uzaytiriladi», - deya yozgan u.

Avvalroq, Donald Tramp AQŞ ma'muriyati Şimoliy Koreya bilan muloqotni qayta yölga qöyiş haqida qaror qabul qilganini bildirgandi. Şuningdek, uning xabar berişiça, şimoliy koreyalik yetakçi bilan avval bekor qilingan uçraşuv hali ham ötkazilişi mumkin.

Eslatib ötamiz, bundan avval Tramp Kim Çen In sammitni özidan oldin bekor qilişidan xavfsiragani haqida xabarlar tarqalgandi.