Jahon | 23:08 / 31.05.2018
11720
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa ittifoqi AQShga qarshi choralar ko‘radi

Foto: EPA-EFE/STEPHANIE LECOCQ

Yevropa ittifoqi AQShning po‘lat va alyuminiyga boj kiritish qarori yuzasidan Jahon savdo tashkiloti doirasida Vashington bilan tortishadi va AQSh mahsulotlariga nisbatan javob bojlari kiritadi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker ma'lum qildi. 

“AQSh bahsni JST doirasida hal qilish va AQSh mahsulotlariga qo‘shimcha bojlarni kiritishdan bo‘lak imkoniyat qoldirmayapti”, deb aytgan Yunker.

Savdo masalalari bo‘yicha yevrokomissar Sesiliya Malmstryom Yevropa ittifoqi AQShning bojlariga mutanosib javob berish niyatidaligini aytgan.

Yevroparlament rahbari Antonio Tayani AQShning qaroridan ko‘ngli qolganini aytgan. “Biz o‘z manfaatlarimizni himoya qilish uchun barcha vositalar bilan javob beramiz”, deb aytgan Tayani.

Ma'lum qilinishicha, Meksika ham AQShga qarshi choralar ko‘radi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid