Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda olib qochilgan «Matiz» qismlarga ajratilgan holda topildi
2018 yil 10 may kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida noma'lum shaxs Bunyodkor ko‘chasida joylashgan “Do‘stlik” bozori oldida qarovsiz qoldirilgan D.R. ismli ayol boshqaruvidagi “Matiz Best” rusumli avtomashinasini haydab qochgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Bunyodkor ko‘chasida joylashgan “Karvonboshi” oshxonasi oldidan 4 dona g‘ildiraklari, old va orqa tomon o‘rindiqlari, konditsioneri, old tomon chiroqlari yechib ketilgan, hamda avtomashina salonida bo‘lgan D.R.ni fuqarolik pasporti, haydovchilik guvohnomasi va avtomashina hujjatlari olib ketilgan holda topilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi muqaddam sudlangan M.Yu. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.
Mavzuga oid
14:47
Svetoforlar “aqlli” tizimga ulanadi: transport oqimiga qarab avtomatik moslashadi
08:41
Toshkentda 115-sonli avtobus yo‘nalishi yangilandi
09:34 / 04.12.2025
Toshkentda yo‘llarni ifloslagan yuk mashinalari bo‘yicha reydlar kuchaytirildi
18:21 / 03.12.2025