Jahon | 15:52 / 01.06.2018
15795
1 daqiqa o‘qiladi

Tataristonda qor yog‘di

Tataristonning Naberejniye Chelni shahrida yozning birinchi kuni qor yog‘di, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari ushbu holat hamda iyun bo‘roni tasvirlangan fotosurat va videolar bilan faol bo‘lishmoqda. 

Foto: RIA Novosti / Natalya Seliverstova

"Mayda, biroq kuchli qor yog‘di. Sayr qilishga ko‘chaga chiqqandim - hamma joy qor, daraxtlar barglari qorga to‘lib ketgan", - deya aytib o‘tgan Naberejniye Chelnida yashovchi ayollardan biri.

Foto: Twitter/@KazanFirst

Uning so‘zlariga ko‘ra, shaharda ertalabki vaqtlarda havo harorati taxminan 0 daraja bo‘lgan, hozir biroz iliqlashdi.

Foto: Twitter/@Ulyanovsk_life

Shuningdek, Boshqirdiston, Sverdlovsk va Ulyanovsk oblastlarida ham iyun qori yog‘gan.

 

A post shared by Ilshat Yumagulov (@elshet1969) on

 

Mavzuga oid