Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Time yangi jurnal muqovasini 958 dron yordamida tayyorladi
Time jurnali 958 uchuvchisiz qurilmadan foydalanib tayyorlangan yangi muqovasini ko‘rsatdi. Jurnal saytida shu haqida ma'lum qilinadi.
Manbaga ko‘ra, Time jurtnali Intel bilan hamkorlikdagi loyihasi doirasida Kaliforniya uzra Shooting Star kompaniyasining 958 dronini uchirgan. Qizil yorqin nuqtalardek ko‘ringan uchar qurilmalar jurnal muqovasida an'anaviy hoshiya va Time logosini hosil qilgan.
Bu Time tarixidagi dronlar yordamida tayyorlangan birinchi muqovadir. Hosil bo‘lgan tasvir Time yangi nashrining muqovasida aks etadi. Muqova nashrning uchar qurilmalar sanoatiga doir The Drone Age nomli maxsus materialiga bag‘ishlangan. Unda dronlar qanday qilib AQSh va Meksika o‘rtasidagi chegarani nazorat qilayotgani hamda olimlarga kitlarni o‘rganishda yordam berayotgani haqida so‘z yuritiladi.
Mavzuga oid
08:44 / 05.06.2026
Rossiya dronlari Zaporijjya va Konotopga hujum qildi
08:55 / 14.05.2026
Rossiya Ukraina bo‘ylab yuzlab dronlar uchirdi
08:56 / 25.04.2026
Xitoy dronlarni havoda quvvatlantirish texnologiyasini sinovdan o‘tkazdi
20:11 / 22.03.2026