Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Uber Turkiyada taqiqlanganini e'lon qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, Uber servisi endi mamlakatda ishlamaydi. Bu haqda Daily Sabah xabar bermoqda.
Turkiya prezidentining e'lon qilishicha, Uber uchun Turkiyadagi «biznes o‘z poyoniga yetdi».
«Bizda o‘zimizning taksi tizimimiz bor. Biz Uber’ning taqdirini o‘zimiz hal qilamiz», - dedi Erdo‘g‘an.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hukumat servisga turk taksichilari biznesini «o‘ldirishga» imkon bermaydi. Ta'kidlanishicha, turkiyalik taksichilar Uber’ga qarshi chiqib, uni nohalol raqobat va biznes yuritishning noqonuniy usullarida ayblashgan.
Gazetaning qo‘shimcha qilishicha, Uber Bolgariya, Daniya va Vengriya kabi davlatlarda taqiqlangan. Shu bilan birga, Fransiya, Italiya, Germaniya, Yaponiya hamda Tayvanda servis faoliyati cheklangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Yandeks.Taksi» va Uber’ning yagona platformasi O‘zbekistonda ham ishlashi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026