10:58 / 22.05.2018
9167

«Yandeks.Taksi» va Uber’ning yagona platformasi O‘zbekistonda ham ishlaydi

Foto: Shutterstock

«Yandeks.Taksi» va Uber iyun oyi boshida yagona platformani ishga tushiradi. Bu avtomobillarni mijozlarga yetkazib berishni tezlashtiradi, deya aytib o‘tdi yagona kompaniya rahbari Tigran Xudaverdyan RBK’ga bergan intervyusida.

«Rejaga ko‘ra, iyun oyining birinchi o‘n kunligida, xizmatlar amalda bo‘lgan barcha shaharlar va mamlakatlarda ular yangi platformaga o‘tkaziladi», - deya xabar berdi Tigran Xudaverdyan.

«Yandeks.Taksi» va Uber 2017 yil iyul oyida qo‘shma korxona tashkil etilishi haqida e'lon qildi. Kelishuv 2018 yilning fevralida yopildi. Birlashgan kompaniya Rossiya, Belarus, Armaniston, Gruziya, Moldova, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Latviya, Estoniya, Ozarboyjondagi 450dan ortiq shaharlarda ishlaydi. 

«Yandeks» qo‘shma korxonaning 59,3 foiz aksiyalarini, Uber - 36,9 foizni, yangi tuzilma xodimlari - 3,8 foizni oldi. Uber yangi kompaniyaga 225 mln dollar, «Yandeks» - 100 mln dollar miqdorida investitsiya kiritdi. «Yandeks.Taksi»ning sobiq rahbari Tigran Xudaverdyan ushbu tuzilma bosh direktoriga aylandi. 

Top