Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Estoniya prezidenti Ukrainadagi mojaroni urush, deb atashga chaqirdi
Estoniya prezidenti Kersti Kalyulayd evfemizmlar (aytish noqulay bo‘lgan so‘z o‘rnida ishlatiladigan pardali so‘z yoki ibora)dan voz kechish va Ukrainada ro‘y bergan holatni urush, deb atashga chaqirdi. Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u bu haqda sobiq prezident Lennart Meri xotirasiga bag‘ishlab tashkil etilgan konferensiyada ma'lum qilgan.
"Gruziya va Ukraina haqida gapirar ekanmiz, barchasini o‘z nomi bilan aytish kerak - urush va bosib olish", - deya ma'lum qilgan u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, buning o‘rniga “xalqaro doiralarda Gruziya va Ukraina haqida gapirilib, hamon “ma'muriy chegara chizig‘i” yoki “muzlatib qo‘yilgan mojaro” kabi evfemizmlardan foydalanilmoqda".
"Biz hech bo‘lmasa o‘z hamkorlarimiz va ittifoqchilarimiz bilan shu haqda ochiq gaplashishimiz kerak. Biz asr boshi bilan taqqoslaganda jar yoqasida turibmiz", - degan u.
Estoniya prezidentining fikricha, “Ukrainada ro‘y berayotgan narsalar haqida nima o‘ylasak ham, Ukraina odamlari erkindir. Bu juda katta ustunlik hamda kuchli iqtisodiyot va huquqiy davlatni qurishga yordam beradi. Odamlar o‘z siyosiy yetakchilaridan oqibatlardan qo‘rqmay norozi bo‘lishi mumkin”.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Serbiya prezidenti Qrim haqida gapirgandi.
Mavzuga oid
14:46 / 18.06.2026
Moskva yana zarba ostida. Ukraina mingga yaqin dron uchirgan
08:45 / 18.06.2026
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
22:31 / 16.06.2026