Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShni ichki ishlarga aralashishda aybladi
Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi Harbiy fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Xe Ley Pentagon rahbari Jyeyms Mettisning Xitoy Janubi-Xitoy dengizida xalqaro qoidalarni buzayotgani bo‘yicha bayonotini mamlakat ichki ishlariga aralashuv, deb atadi.
«Janubi-Xitoy dengizidagi bizning orollar va riflarda qo‘shinlar yoxud qurollar joylashtirilishi o‘zimizning suveren huquqlar doirasidadir, bunga xalqaro qonunchilik bilan ruxsat berilgan. Xitoyning Janubi-Xitoy dengizi orollaridagi harakatlariga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘layotgan istalgan shaxs yoki davlat XXR ichki ishlariga aralashishga urinmoqda, bu rad etilmaydigan holat», - deya aytib o‘tgan Xe Ley.
U Singapurdagi «Shangri-La dialog» xavfsizlik bo‘yicha konferensiyasida shunday bayonot bilan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon rahbari Jyeyms Mettis AQSh Xitoy bilan raqobatga kirishishni emas, balki hamkorlik qilishni xohlashi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026