Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«AQSh Xitoy bilan hamkorlik qilishni xohlaydi»
Foto: REUTERS
AQSh Xitoy bilan raqobatga kirishishni emas, balki hamkorlik qilishni xohlaydi. Bu haqda Pentagon rahbari Jyeyms Mettis «Shangri-la dialog» konferensiyasida xabar bergan.
«Bizning fikrcha - bu ikki davlat - Rossiya va Xitoy bilan raqobatga kirishgandan ko‘ra, hamkorlik qilgan yaxshi. Agarda raqobat ortib borsa - bu biz xohlamagan narsa bo‘ladi», - deya aytib o‘tdi Mettis.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada, Xitoydan farqli ravishda, G‘arb va AQSh bilan ko‘p o‘xshash jihatlar bor, Xitoy esa, o‘z navbatida, Tinch okeani mamlakatlari hamda Hindiston bilan nisbatan yaqin.
«Mening o‘ylashimcha, bu manfaatlarning mos kelmasligi. Balki, qisqa muddatli istiqbolda. Ular xalqaro sudga qarshi kurashganda yoki turli holatlarda kuchini ko‘rsatmoqchi bo‘lganida, umumiy pozitsiyaga ega bo‘lishi mumkin», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Pentagon rahbari.
Mettisning eslatishicha, AQSh boshqa davlatlar bilan birgalikda ishlab, fashizmni ham mag‘lubiyatga uchratgan.
«Butun dunyoga qarshi borishga hojat yo‘q. Bu qarama-qarshiliklarni ortda qoldirish yo‘llarini topish kerak, bu samarali o‘zaro munosabatlar uchun kerak», - deya xulosa qilgan u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagonning AQSh - KXDR muzokaralaridagi o‘rni aytilgandi.
Mavzuga oid
00:48
Xitoy kompaniyasi odamsimon robotlar sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi
18:06 / 10.01.2026
Venesuela va AQSh diplomatik munosabatlarni tiklamoqchi
16:59 / 10.01.2026
Ishinger: Rossiya yevropaliklar bilan emas, AQSh bilan muzokaraga qiziqyapti
14:26 / 10.01.2026